Jizzax, Samarqand, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida ot mingan "GAI"lar faoliyati tashkil etiladi

Jizzax, Samarqand, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida ot mingan

Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ma’lum qilindi.

"Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining — Jizzax, Samarqand, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari tarkibida tashkil etiladigan otliq otryadlarni ushbu ichki ishlar boshqarmalariga tegishli bo‘lgan yer maydonlarida barpo etiladigan bino va inshootlarda, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati saf bo‘linmasi tarkibida tashkil etiladigan otliq otryadni esa Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamentiga tegishli bo‘lgan yer maydonida barpo etiladigan bino va inshootlarda joylashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi", — deyilgan qarorda.

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!

Мавзу:

#қонун