Kia Sportage avtomobili endi O‘zbekistonda!

Kia Sportage avtomobili endi O‘zbekistonda!

Yurtimizda yangi avlod Kia Sportage avtomobillariga buyurtmalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda Kianing O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori Roodell kompaniyasi vakili ushbu avtomobilning taqdimot marosimida e’lon qildi. Tadbirda ta’kidlanganidek, X-Line+  komplektatsiyasidagi beshinchi avlod Kia Sportage krossoveri 2,5 litr sig‘imga ega (190 o.k.) benzinli dvigatel bilan jihozlangan. Avtomobil sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi va to‘liq ildamlash funksiyasi bilan taklif qilinadi.

Ushbu krossover yangi N3 platformasi, shuningdek, yuqori texnologiyali xavfsizlik va Drive Wise haydovchiga yordam tizimlari to‘plamining eng zamonaviy versiyasi tufayli o‘z segmentidagi eng keng, qulay va xavfsiz avtomobillardan biri hisoblanadi. Yangi avtomobil savdosi dilerlik markazlarida 8-iyuldan boshlanadi.

Sportagening beshinchi avlodi nafaqat model tarixida, balki umuman krossover segmentida ham sifat jihatidan yangi qadam bo‘ldi. Innovatsiya va zamonaviylik modelni butunlay yangi bosqichga olib chiqdi.  Yangi Sportage «Qarama-qarshiliklar birligi» dizayn falsafasiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, uning tamoyillaridan biriga ko‘ra avtomobil dizaynida tabiat olamining tabiiyligi mujassamlashtirilgan. Krossoverning tashqi ko‘rinishi shijoatli, hissiyotlarga to‘la va zamonaviy. Tekis va bo‘rtma yuzalar kuchli taassurot uyg‘otuvchi texnologik elementlar bilan uyg‘un tarzda ishlangan. O‘ziga xos bumerang shaklidagi svetodiod faralar va kunduzgi yoritish chiroqlari hamda kuzov bilan yaxlit birlik hosil qiladigan orqa chiroqlar yangi Sportagega nafaqat yorqin, balki futuristik ko‘rinish ham bag‘ishlaydi.

Interyerda a’lo sifat va haydovchi qulayligi uchun yaratilgan dizayn o‘zaro uyg‘unlik hosil qiladi. Salondagi eng yorqin elementlardan biri uskunalar paneli va multimedia tizimi displeyini birlashtirgan egri panoramali ekran bo‘ldi. Har bir displey diagonali 12,3 dyuymni tashkil qiladi. Yangi Sportage inter’eri - dizayn va muhandislik san’at asari bo‘lib, u qisqa va uzoq safarlarda haydovchi va yo‘lovchilar uchun qulaylikning maksimal darajasini taklif etadi.

Sportagening yangi avlodi mintaqaga qarab g‘ildiraklar bazasining ikkita turi - uzun bazali yoki qisqa bazali versiyalarida taqdim etilishi bilan Kia tarixidagi birinchi avtomobil bo‘ldi. O‘zbekiston bozorida eng sig‘imli - g‘ildirak bazasi 2755 mm.gacha uzaytirilgan versiya taqdim etiladi. U C-SUV segmentidagi salon kengligi va yukxona sig‘imi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega. Oldingi avlod bilan solishtirganda g‘ildirak bazasi 85 mm.ga oshdi (2755 mm) va avtomobilning gabarit uzunligi 4660 mm.ni tashkil etdi.

Beshinchi avlod Kia Sportage O‘zbekiston bozoriga 2,5 litr hajmli zamonaviy to‘rt silindrli benzinli dvigatel bilan chiqariladi. Dvigatel quvvati 190 o.k., burovchi moment esa - 242 N•m. Sportagening beshinchi avlodi - o‘z segmentidagi eng xavfsiz avtomobillardan biri sanaladi. Bunga yangi N3 platformasining puxta o‘ylab ishlangan dizayni, kuzov kuchi strukturasining takomillashtirilganligi, old va yon xavfsizlik yostiqchalari, shuningdek, butun salon bo‘ylab o‘rnatilgan xavfsizlik pardalari yordamida erishildi.

Taqdimot marosimida ishtirokchilar yangi avtomobilni ko‘zdan kechirish bilan birga  kompaniya yangiliklari va yangi krossoverning texnik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.  

Ha aytgancha,  ushbu  yangi krossoverning test-drayvini yaqin kunlarda saytimiz va uning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari orqali tomosha qilingiz mumkin.

To'liq videoni ushbu havola orqali tomosha qiling

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!

Мавзу:

#Kia