Malayziyaning yangi bosh vaziri xarajatlarni kamaytirish uchun Mercedes S600 avtomobilidan voz kechdi

Malayziyaning yangi bosh vaziri xarajatlarni kamaytirish uchun Mercedes S600 avtomobilidan voz kechdi

Malayziyaning yangi bosh vaziri Anvar Ibrahim xarajatlarni kamaytirish maqsadida hukumat rahbari lavozimini egallagani uchun unga ajratilgan primium toifasidagi Mercedes S600 avtomobilidan voz kechdi. U bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.

"Men Mercedes S600 avtomobilidan voz kechishga qaror qildim. Vazifamni bajarash uchun qo‘shimcha xarajatlar bo‘lishini xohlamayman. Mazkur avtomobil o‘rniga men ma’muriyatim ixtiyorida bo‘lgan istalgan boshqa transport vositasidan foydalanaman", – deya ta’kidlagan Ibrohim.

25 noyabr kuni Malayziya bosh vaziri mahkamasidagi vazirlar sonini kamaytirishi va qolgan vazirlarning maoshlarini ham pasaytirish rejasi borligini ma’lum qilgandi.

19 noyabrda Malayziyada umumiy saylovlar bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish natijasida birorta partiya va koalitsiya parlamentning quyi palatasida yetarlicha o‘ringa ega bo‘la olmadi. Shu bois raqobatchi partiyalardan koalitsion hukumatni shakllantirishga to‘g‘ri keldi. Biroq tomonlar mazkur masalada ham kelisha olmadi. Yakunda Malayziya podshohining o‘zi yangi bosh vazirni tayinlashga qaror qildi va tanlov avval ham bosh vazir bo‘lgan Anvar Ibrohim chekiga tushdi.

“Umidlar alyansi” koalitsiyaga rahbarlikni qabul qilib olgan Anvar Ibrohim 24 noyabrda rasman qasamyod qabul qildi.

Мавзу:

#Mercedes