Marafon sabab poytaxtda ayrim ko‘chalar transport harakati uchun vaqtincha yopiladi

Marafon sabab poytaxtda ayrim ko‘chalar transport harakati uchun vaqtincha yopiladi

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 2022-yil 15-may kuni "Men g‘olib" shiori ostida sport marafoni o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan 15-may kuni soat 06:00 dan soat 10:00 ga qadar shahrimizdagi bir necha ko‘chalar yopiladi:

- Qoraqamish 4-tor va Qoraqamish 2-tor ko‘chalari kesishmasidan Qoraqamish 4-tor ko‘chasi bo‘ylab, undan Talabalar ko‘chasiga ulanib, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi kesishmasigacha;

- Kichik halqa yo‘li va Talabalar ko‘chalari kesishmasidan Kichik halqa yo‘li ko‘chasi bo‘ylab Sag‘bon ko‘chasi kesishmasigacha;

- Sag‘bon va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasidan Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Qoraqamish ko‘chasi kesishmasigacha;

- Kichik halqa yo‘li va Sag‘bon ko‘chalari kesishmasidan Kichik halqa yo‘li ko‘chasi bo‘ylab Oltinsoy ko‘chasi kesishmasigacha;

- Oltinsoy va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasidan Oltinsoy ko‘chasi bo‘ylab Dilsaroy ko‘chasi kesishmasiga;

- Oltinsoy va Dilsaroy ko‘chalari kesishmasidan Dilsaroy ko‘chasi bo‘ylab Sag‘bon ko‘chasi kesishmasigacha.

Ushbu vaqt oralig‘ida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!