Muddati o‘tgan haydovchilik guvohnomasi bilan mashina boshqarilsa qanday javobgarlik bor?

Muddati o‘tgan haydovchilik guvohnomasi bilan mashina boshqarilsa qanday javobgarlik bor?

Amal qilish muddati o‘tgan haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi. 

Muddati o‘tgandan keyin ham fuqarolar transport vositasini boshqaradigan bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasisiz boshqargan hisoblanadi va YHXB xodimlari tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilishiga va haydovchiga nisbatan BHMning besh baravari (bugungi kunda 1.500.000 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomani almashtirish muddati quyidagicha:

2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari–2023-yil 31-martgacha;
2010–2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
2015-yildan keyin berilganlari–2023-yil 31-dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Eski “prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat DXMlarga, balki bevosita vakolatli idora IIBB YHXB bo‘limlariga ham murojaat qilish mumkin.

Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!