O‘zbekiston va Qirg‘iziston birgalikda avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Qirg‘iziston birgalikda avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Ushbu loyiha parlamentda Qirg‘iziston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan taqdim etilgan.

Bishkekdan 50 km uzoqlikda joylashgan qo‘shma zavodda 19 turdagi avtomobillar, jumladan, mikroavtobuslar, pikaplar va boshqalar ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

Unda O‘zbekiston tomonidan «O‘zavtosanoat» davlat kompaniyasi, Qirg‘iziston tomonidan ikkita xususiy kompaniya: «Nur» OAJ va «DT Technik» MCHJ ishtirok etadi.

Bitimlar imzolanishi Shavkat Mirziyoyevning 26 yanvar kuni respublikaga tashrifi chog‘ida bo‘lishi kerak.

Мавзу:

#GM