O‘zbekistonda yil boshidan beri eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda yil boshidan beri eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar-aprel oylarida eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, yilning dastlabki 4 oyida Cobalt avtomobili eng ko‘p ishlab chiqarilgan — 28 690. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 mingga ko‘pdir. 

Ikkinchi o‘rinni keskin o‘sish qayd etib, 26 305 ta avtomobil bilan Gentra egallagan. Mazkur rusumni ishlab chiqarish 2021-yilga qaraganda 2 barobardan ko‘proqqa oshgan.

Damas ishlab chiqarish hajmi 23 534 taga yetdi. Bu o‘tgan yilga qaraganda qariyb 5 mingtaga ko‘pdir. 

Nexia ishlab chiqarish yildan-yilga kamaymoqda. Yil boshidan beri ushbu modeldan 7 195 dona ishlab chiqarilgan. Bu esa 2020-yilning mos davriga nisbatan 3,5 barobarga ko‘pdir.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.