O‘zbekistonga 34 ta elektropoyezd xarid qilinadi

O‘zbekistonga 34 ta elektropoyezd xarid qilinadi

Bundan ko‘zlangan maqsad mamlakatimiz turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, mahalliy va xorijiy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, temir yo‘l transportida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish hisoblanadi. Binobarin, bu bugungi kun talabi.

Mazkur tender elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni yetkazib berish, shuningdek, kadrlar tayyorlashni ham nazarda tutadi.

Hozirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati harakat tarkibini yangilash, zamonaviy elektropoyezdlarni xarid qilish bo‘yicha “Stadler”, “Skoda”, “Talgo”, “Hyundai”, “CAF”, “Siemens”, “Alstom”, “Hitachi”, “Pesa”, “CRRC-Dalian” kabi dunyoning eng ilg‘or kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqda.

34 ta zamonaviy elektropoyezdlarning xarid qilinishi natijasida 8 ta — “Toshkent – Jizzax – Toshkent”, “Toshkent – Keles – Toshkent”, “Navoiy – Buxoro – Navoiy”, “Samarqand – Jizzax – Samarqand”, “Samarqand – Shahrisabz – Samarqand”, “Samarqand – Qarshi – Samarqand”, “Andijon – Xonobod – Andijon”, “Nukus – Xiva – Nukus” yangi yo‘nalishlari tashkil etiladi.

Yangi yo‘nalishlarda temir yo‘l qatnovining yo‘lga qo‘yilishi natijasida bir yilda 5 million 925 ming 500 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

Shuningdek, 10 ta mavjud yo‘nalishlarda esa qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi yo‘nalishlarda poyezdlar harakatining yo‘lga qo‘yilishi va mavjud yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlarning tashkil etilishi orqali bir yilda jami 22 million 473 ming 500 nafar yo‘lovchiga sifatli xizmat ko‘rsatishga erishiladi.

Мавзу:

#поезд