O‘zbekistonlik haydovchi Nur-Sultanda yo‘l politsiyasi xodimiga pora bermoqchi bo‘ldi

O‘zbekistonlik haydovchi Nur-Sultanda yo‘l politsiyasi xodimiga pora bermoqchi bo‘ldi

Nur-Sultanda xorijlik haydovchi pora bermoqchi bo‘ldi, deya xabar beradi Kazinform. «Xavfsiz yo‘l» tezkor profilaktika tadbiri davomida ichki ishlar xodimlari tomonidan O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi «VAZ 2115» rusumli avtomashina yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun to‘xtatildi.

Ma’muriy javobgarlikdan qochishga uringan haydovchi patrul politsiyachisiga 5 ming tenge taklif qilgan. 27 yoshli haydovchi o‘z qilmishining noqonuniyligi haqida ogohlantirilganiga qaramay, pullarni patrul mashinasi saloniga tashlab ketgan va keyin qo‘lga olingan.

Qoidabuzarning noqonuniy harakati politsiyachining rasmiy videoregistratoriga yozib olingan. Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 367-moddasi bilan tergovga qadar tekshiruv boshlandi. Gumonlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi.

Nur-Sultan politsiya boshqarmasi ogohlantiradiki, mansabdor shaxsga pora berish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi, ya’ni jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, mol-mulkini musodara qilish hamda muayyan lavozimlarni egallash yoki faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan umrbod mahrum etish bilan jazolanadi.

Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!