OAV: Hyundai Motor Rossiyadagi zavodini sotish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda

OAV: Hyundai Motor Rossiyadagi zavodini sotish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda

Hyundai Motor Rossiyadagi zavodining kelgusi taqdirini hal qilmoqda. Kompaniya rahbariyatiga taqdim etilayotgan variantlardan biri, uni sotish ssenariysi hisoblanadi, deyiladi Janubiy Koreyada chiqadigan "Tona Ilbo" gazetasi.

Nashrning ma’lum qilishicha, kompaniya rahbariyati RFda zavodini saqlab qoladimi yoki yo‘qmi degan savolga javob berish uchun yakuniy qaror qabul qiladi. 
 
Yaqinda rahbariyatga Hyundai uchun istiqbol va Rossiyadagi vaziyat tahlil qilingan hisobot taqdim etilgan edi, deyiladi xabarda. Hisobotda boshqa variantlar qatorida zavod sotilgandan keyingi oqibatlar tahlillari ham aks etgan. 

Xabarda ta’kidlanishicha, Ukrainada maxsus amaliyot boshlangandan keyin Rossiyaga qarshi xalqaro sanksiyalar joriy qilinishi natijasida RFdagi Hyundai Motor moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan, chunki Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalarini amalga oshirishning iloji bo‘lmayapti. 

"Tona Ilbo" gazetasining yozishicha, 2022 yil yanvar-fevral oylari Rossiya va Yevropa bozorlarida Hyundai Motorning Sankt-Peterburgdagi zavodida ishlab chiqarilgan avtomobillaridan oyiga 17 ming donasi sotilgan edi. Mart oyida esa zarur detallar yetkazib berishdagi murakkabliklar tufayli zavod ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatgan. Shu vaqtgacha Hyundai avtomobillarini yig‘ish Kaliningraddagi “Avtotor” zavodida amalga oshirilayotgan edi, biroq, gazetaning yozishicha, bu yerda ham ishlab chiqarish to‘xtatilgan. Iyun oyida 862 ta avtomobil sotilgan bo‘lsa, iyul oyida atigi 14 dona avtomobil sotildi. Avgust va sentyabrda sotuv umuman amalga oshirilmagan. 

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.

Мавзу:

#Hyundai