Pushti McLaren ikki yildan ortiq vaqtdan beri Londonning xuddi shu joyida to'xtab turibdi

Pushti McLaren ikki yildan ortiq vaqtdan beri Londonning xuddi shu joyida to'xtab turibdi

McLaren 570S superkari Londondagi Sent Pancras Renaissance mehmonxonasi oldida ikki yildan ortiq vaqtdan beri to‘xtab turibdi. Avtomobil yorqin pushti rangi va 2 yildan buyon shu yerda turgani bilan e’tiborni tortadi, deb yozadi The Sun.

Mashina TikTok’da mashhur bo‘ldi, u yerda muntazam ravishda bu haqda postlar paydo bo‘ladi. Izohlarda ular 2018-yildan buyon bu yerda superkar muntazam ko‘rinib turishi, 2020-yil bahoridan esa u uni tark etmasligini yozishadi. Shu bilan birga, u tashlandiq ko'rinmaydi: kuzovi changsiz, shinalar yangi.

Sharhlovchilardan biri u St Pancras Renaissance mehmonxonasida ishlashini yozgan. McLaren go'yoki mehmonlardan biriga tegishli. U pandemiyaning boshida olib kelingan, keyin esa uni vataniga qaytiarishda muammolarga duch kelingan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Bu uzoq to'xtash rekordi emas. Italiyaning Conegliano shahrida Lancia Fulvia 47 yil davomida bir joyda turdigan. Biroq mashina chiqindixonaga emas, restavratsiyaga jo‘natilgan, shundan so‘ng ular uni parkga attraksion sifatida qo‘yishni rejalashtirishgan.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!

Мавзу:

#Қизиқ