Qalin tuman sababli "Toshkent" aeroporti faoliyati bir necha soatga to'xtatildi

Qalin tuman sababli

Ertalab soat 7:00 dan boshlab Toshkent aeroportida ob-havo sharoiti — tuman tushishi hamda ko‘rinish 100 metrgacha pasayib ketganligi sababli 10 dan ortiq reyslar kechiktirildi. Ob-havo sharoiti soat 11 ga yaqin yaxshilandi. Aeroport reyslarni qabul qilish va jo‘natishni boshladi.

Xususan, yetib kelish aeroportidagi ob-havo sharoiti tufayli Turkish Airlines kompaniyasining TK-368 reysi Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha kechikish bilan uchdi. Jadvalga ko‘ra, bort soat 07:55 da qo‘nishi lozim edi, ammo kechikish sababli samolyot Toshkentga 11:45 da yetib keldi. Shu sababli, TK-369 ning Istanbulga qaytish reysi Toshkentdan kechikish bilan — dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da amalga oshiriladi.

Shuningdek, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining 10 ta reysi kechiktirildi, xususan: HY-051 Toshkent –   Urganch, HY-011 Toshkent –   Nukus, HY-603 Toshkent –   Moskva, HY-271 Toshkent –   Istanbul, HY-779 Toshkent –   Bishkek, HY-333 Toshkent –   Dubay , HY-5311 Toshkent - Jidda, HY-231 Toshkent - Frankfurt, HY-717 Toshkent - Dushanbe va HY-341 Toshkent - Sharm al-Shayx. Ayni damda barcha kechiktirilgan reyslar "Toshkent" aeroportidan manzilga qarab uchib ketdi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!

Мавзу:

#самолёт