Qanday qilib o‘rindiqlarni hamyonbop "kimyoviy tozalash"ingiz mumkin?

Qanday qilib o‘rindiqlarni hamyonbop

Sizga kerak bo‘ladi:
1. Limon kislotasi.
2. Soda.
3. Idish yuvish geli.
4. latta
5. Ikkita purkagich shishasi.
6. Suv.

Qo‘llash tartibi:
Purgagichli shishaga 400 gramm suv quying va 4 choy qoshiq pishirish soda qo‘shing.

Ikkinchi Purgagichli shishaga 400 gramm suv quying, ustiga 25 gramm limon kislotasi va ikki osh qoshiq idish yuvadigan gel qo‘shing.
Shishalarni silkiting. Bir shisha soda olib, tozalamoqchi bo‘lgan joyga mo‘l-ko‘l seping. Darhol,  boshqa shishadan eritmani seping. 
Kimyoviy reaksiya sodir bo‘ladi (soda + limon kislotasi) va bu erda ko‘pik paydo bo‘ladi. U o‘rindiqdagi kirlarni tortib oladi. Shundan so‘ng mato bilan yaxshilab artib tashlang.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.