Qaysi hududda avtotransport vositalarini ta’mirlash xizmatlariga talab yuqori?

Qaysi hududda avtotransport vositalarini ta’mirlash xizmatlariga talab yuqori?

2022-yil yanvar-iyul oylari yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 2 147,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Eng muhimi, ushbu xizmat turi Toshkent shahrida yuqori talabga ega. Avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar umumiy hajmida ushbu hududning ulushi 16,4 foizni (352,4 mlrd. so‘m) tashkil etdi. Shu bilan birga, Toshkent (325,5 mlrd. so‘m yoki ushbu xizmatlar umumiy hajmining 15,1 foizi) va Farg‘ona (253,2 mlrd. so‘m yoki 11,8 foiz) viloyatlarida ham ko‘rsatkich ancha yuqori.

Nisbatan kam hajm Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 36,4 mlrd. soʻm (avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va mototsikllarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar umumiy hajmining 1,7 foizi).

Hududlar boʻyicha avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va mototsikllarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi, mlrd. soʻm:

O‘zbekiston Respublikasi – 2 147,8

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 79,0

Andijon – 203,6

Buxoro – 122,1

Jizzax – 68,7

Qashqadaryo - 109,8

Navoiy - 98,6

Namangan – 95,8

Samarqand - 214,1

Surxondaryo – 91,0

Sirdaryo – 36,4

Toshkent - 325,5

Farg‘ona – 253,2

Xorazm - 97,6

Toshkent shahri - 352,4

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.