Qirg‘izistonda har bir mashinada videoregistrator bo‘lishi shart

Qirg‘izistonda har bir mashinada videoregistrator bo‘lishi shart

Qirg‘iziston yo‘llarida jamoat xavfsizligi va haydovchilar intizomini mustahkamlash maqsadida transport vositalarini harakatlanish jarayonini qayd qiluvchi qurilmalar bilan jihozlash majburiyatini yuklash taklif etildi. Tegishli qonun loyihasini Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi jamoatchilik muhokamasiga chiqardi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi saytiga tayanib.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda 25 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan faol mehnatkashlarning 70 foizi yo‘lda halok bo‘ladi.

Qonun loyihasi mualliflarining fikricha, mazkur yangilik haydovchilarning yo‘l harakati vaqtida mas’uliyatini oshiradi, ularning xulq-atvorini yaxshilaydi, shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish va fosh etishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ushbu normani traktorlar va o‘ziyurar texnologik mashinalar, shuningdek, yo‘lovchi tashish va xavfli yuklarni tashuvchi avtomobillar bundan mustasno, Qirg‘iziston hududida ilk bor ro‘yxatga olingan avtomobillar uchun 2025-yil 1-yanvardan joriy etish tavsiya etiladi.

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!