Sakkiz oyda shaharlararo avtobus chiptalari narxi 6,2 foizga qimmatladi

Sakkiz oyda shaharlararo avtobus chiptalari narxi 6,2 foizga qimmatladi

Shaharlararo avtobusda yo‘l haqi narxlari bir oyda o‘rtacha 1% ga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

2022-yilning avgust oyida shaharlararo avtobusda chiptalar narxi iyul oyiga nisbatan 1 foizga qimmatladi.

Yil boshidan buyon esa o‘rtacha 6,2% ga oshgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,8% ga ko‘tarilgani kuzatilgan.

Avgust oyida O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishlarga parvozlar narxi ham oshgan.

Biroq havo transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish narxlari yil boshiga nisbatan o‘rtacha 7,9%ga arzonlashdi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa narxlar o‘rtacha 10,3%ga arzonlashgani ta’kidlanmoqda.