Samarqandda ham avtomobillar tezligi 60 km/soatgacha cheklanishi mumkin

Samarqandda ham avtomobillar tezligi 60 km/soatgacha cheklanishi mumkin

Samarqandda transport vositalarining yuqori harakat tezligi 60 km/soat etib belgilanishi mumkin. Bu haqda viloyat IIB YHXB boshlig‘i Shavkat Boyxo‘rozov Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, bugungi kunda Samarqand viloyati hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llari va ko‘chalarida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarini oldini olish hamda transport vositalarining yuqori harakatlanish tezligini kamaytirish maqsadida “Yuqori tezlik cheklangan” (60 km/soat) yo‘l belgilarini o‘rnatish zarurati yuzaga kelmoqda.

"Turli xavf va o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagilarni taklif etaman: "Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi Respublika komissiyasining qarori asosida Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida harakat qatnovi yuqori bo‘lgan va aholi gavjum hududlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi 60 km/soat etib belgilanishi mumkin", deydi Shavkat Boyxo‘rozov.

Avvalroq, Andijon viloyatidagi 52 ta ko‘chada tezlikni 60 km/soatgacha pasaytirish rejalashtirilayotgani haqida xabar qililgandi. Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi 40-sessiyasida ushbu masala ko'rib chiqilgan.

Shuningdek, Toshkentda Kichik halqa avtomobil yo‘li ichidagi ko‘chalarda tezlik soatiga 60 kmgacha, ayrim ko‘chalarda esa 50 kmgacha cheklanishi ma'lum qilingandi.