Sirdaryodan Tojikiston orqali Qo‘qonga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Sirdaryodan Tojikiston orqali Qo‘qonga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Guliston shahrini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi Guliston-Qo‘qon (Tojikiston orqali) viloyatlar, shaharlararo yo‘nalishda avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasi xabar berdi.
Boshqarma mazkur yo‘nalish bo‘yicha qatnovlar qaysi sanadan boshlanishiga aniqlik kiritmagan, faqat «tez kunlarda» deya qayd etgan.

Ma’lum qilinishicha, qatnovlarni har ikki tarafdan kuniga bir marta amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Guliston shahridan jo‘naydigan avtobus «Xovosobod» hamda Farg‘ona viloyati yaqinidagi «Andarxon» chegara bojxona postlari orqali Qo‘qon shahriga yetib boradi. Yo‘lovchilarda xorijga chiqish pasporti bo‘lishi talab etiladi.

Ushbu yo‘nalishning masofasi 264,3 kilometr bo‘lib, yo‘l haqi 50 ming so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.

Мавзу:

#автобус