Tahlilchilar eng ko'p qadrsizlanayotgan avtomobillar ro'yhatini tuzdilar

 Tahlilchilar eng ko'p qadrsizlanayotgan avtomobillar ro'yhatini tuzdilar

Compare the Market tahlilchilari 2021-yilning aprelidan 2022-yilning martigacha AQSh aholisi ikkilamchi bozordan avtomobillar haqida maʼlumot qidirganligi haqidagi Google soʻrovlarini tahlil qilishdi. So‘rovlar soni bo‘yicha birinchi uchlikni SUV, pikap va elektromobil egalladi. Bundan tashqari, tahlilchilar sotib olingandan so‘ng uch yil ichida eng ko‘p qadrsizlanayotgan avtomobillarni aniqlashdi.

Mutaxassislarning fikricha, AQSh ikkilamchi bozorida eng tez qadrsizlanayotgan avtomobil Nissan Leaf elektromobilidir: uch yil davomida u dastlabki narxining 49 foizini yo‘qotadi. Ikkinchi qatorni uch yil ichida 44% ga arzonlashayotgan Range Rover egalladi, kuchli uchlikni 42% koʻrsatkich bilan Nissan Altima yopdi.

Ko'pincha amerikaliklar ishlatilgan Jeep Wranglers haqida ma'lumot qidirgan - 760 940 ta qidiruv. Toyota Tacoma pikapi 509 490 ta qidiruv bilan ikkinchi o‘rinni egalladi, Tesla Model 3 elektromobili esa 490 360 ta qidiruv bilan kuchli uchlikni yopdi.

Eng koʻp qidirilgan eski avtomobillar oʻnligiga Honda Civic, Toyota 4Runner, Honda Accord va Toyota Camry, Toyota Highlander, Jeep Grand Cherokee va Honda CR-V ham kirdi.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.