Talab va taklif: “tonirovka” xizmatlari narxi qanday o‘zgardi?

Talab va taklif: “tonirovka” xizmatlari narxi qanday o‘zgardi?

Avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirib berish narxi 200 ming so‘mdan, orqa va old yon oynalar “tonirovka"si esa 400 ming so‘mdan boshlanmoqda.

1-iyuldan boshlab “tonirovka” narxlari oʻzgardi.

Qarorga koʻra avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish toʻlovlari bekor qilindi, ya’ni bepul boʻldi.

Old va orqa yon oynalarni toʻliq qoraytirish toʻlovlari esa 10 mln.dan 2,4 mln soʻmgacha arzonlashtirildi.

Avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirib berish (plyonka va xizmat narxi qo‘shilganda) narxi 200 ming so‘mdan, orqa va old yon oynalar “tonirovka"si 400 ming so‘mdan boshlanadi.

Umuman olganda, avtomobilning barcha oynalarini qoraytish o‘rtacha 1,3 mln so‘mga aylanmoqda.

Plyonkaning sifatiga qarab, narxlar ko‘tarilib boraveradi. Masalan, hozirda asosan “tonirovka” uchun 3 xil — “Armolan”, “Sun Block” va “Muratec” plyonkalaridan foydalanilmoqda.

Sifatli plyonkalar quyoshdan saqlaydi va avtomobil ichidan tashqarini yaxshiroq ko‘rish imkonini beradi, sifatsizlari esa “qoraytirish” xususiyatiga ega bo‘lgani bilan quyosh nuridan asramaydi.

“Extreme Audio” mutaxassisi Alisher Karimovning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda “tonirovka” ga asosan “Cobalt” va “Gentra” kabi avtomobillardan, plyonkadan esa “Armolan” mahsulotiga talab ko‘p bo‘lmoqda.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!