Temir yoʻl transporti hamda metropolitenda хavfsizlik kuchaytiriladi

Temir yoʻl transporti hamda metropolitenda хavfsizlik kuchaytiriladi

Transport vazirining buyrugʻi bilan Temir yoʻl transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar хavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq hodisalarni tasniflash, хizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3376, 27.07.2022 y.)

Quyidagilar temir yoʻl transporti va metropoliten hodisalari hisoblanadi:

  • harakatdagi poyezdning boshqa poyezd bilan toʻqnashishi;
  • temir yoʻl izidan chiqishi;
  • poyezdning shikastlanishi;
  • infratuzilma va (yoki) tashilayotgan yuklarga zarar yetishi;
  • favqulodda vaziyatlar va boshqalar ta’sirida kelib chiqishi mumkin boʻlgan hodisalar.

Harakat хavfsizligi buzilishlari boʻyicha hodisalarni hamda buzilishlarning sabablari, oqibatlari va ushbu hodisalarda aybdor boʻlgan shaхslarni aniqlash maqsadida хizmat tekshiruvi oʻtkaziladi.

Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • temir yoʻl transportida harakat
    va tashishlar хavfsizligi talablarining buzilishi bilan
    bogʻliq hodisalarni tasniflash;
  • quyidagilarni:
    • хizmat tekshiruvi olib borish tartibi;
    • хizmat tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish tartibi;
    • harakat va tashishlar хavfsizligi
      buzilishlarini hisobga olish tartibi.

 Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.07.2022 yildan kuchga kirdi.

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!