Tesla bir millionta avtomobilini qaytarib olishga qaror qildi

Tesla bir millionta avtomobilini qaytarib olishga qaror qildi

Elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisi Tesla oynalarning avtomatik ochish tizimidagi muammolar tufayli 1,1 million mashinani qaytarib olishga qaror qildi, deb yozadi Reuters.

Eslatib o‘tamiz, bu qaror 2017-2020-yil Model 3, 2020-2021-yil Model Y va 2021-22-yillarda chiqarilgan Model S va Model X ba’zi elektr transport vositalariga ta’sir qiladi. Tesla simsiz dasturiy ta’minotni yangilashni amalga oshirishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, kompaniya xaridorlarning da’volari va shikoyatlariga duch kelmaganligini, shuningdek, ushbu modellar ishlab chiqarilgan yillardagi mashinalar ishtirokidagi halokatli baxtsiz hodisalar yoki jiddiy shikastlanishlar haqida birorta davo haqida xabari yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Мавзу:

#Tesla