Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida ma'lumotlar

Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida ma'lumotlar

Elon Mask seriya ishlab chiqarishga tayyor Tesla Model 3 prototipini taqdim etdi. 6 soniyali rolikda tashqi ko'rinishi jihatidan oldingi protiplarga o'xshaydigan avtomobil tez yuradi va keyin darxol tormoz oladi.

Oldinroq Model 3ning sinov namunasini SpaceX ofisi yonida joylashgan jamoat yo'lida ko'rishgan.

Mask o'zining Twitterdagi sahifasida yozishicha, kompaniya "ozod nomzod"ni sinash ishlarini boshlab yuborgan, keyin bu avtomobil versiyasini ommaviy ishlab chiqarish uchun konveyerga yuborishadi.

Model 3 nima?

Model 3 nima?
 

Model 3 - Teslaning to'rtinchi seriyali elektromobili va kompaniyaning ommaviy bozor uchun mo'ljallangan birinchi avtomobili. Tesla uni 35 ming $ dan boshlab sotishni rejalashtirgan.

Elektrokarning narxini tushirish maqsadida kompaniya akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan ulkan Gigafactory 1 zavodini qurdi va yana shu turdagi bir qancha fabrikalarni ishga tushirishni rejalashtirib qo'ygan. Aynan batareyalar avtomobil narxining baland bo'lishiga sabab bo'ladi.

 

Gigafactory 1

 
 

Model 3 deyarli barcha xususiyatlari bo'yicha o'zidan oldingi modellar: Model S va Model X larga yon bosadi. Bunda Maskning so'zlariga qaraganda, Model 3 nomlanishidagi raqamni xaridorlar Teslaning keyingi avlodi deb qabul qilgan.

Kompaniya asoschisi avtomobilning Model S ning kichraytirilgan va oddiyroq versiyasi ekanligini bildirdi - yurish va kuchlanish zapasi, vazifalari kamroq bo'ladi.

Texnik xususiyatlari

Model 3 ning asosiy komplektatsiyasining akkumulyator zaryadi to'liq bo'lganda 346 kilometr yurishi mumkin. 97 km/s gacha tezlashish uchun 6 soniya kifoya. Avtomobilni Supercharger tez zaryadlash stansiyasi yordamida zaryadlash mumkin. Energiyani to'liq tiklanishiga ketadigan vaqt, akkumulyator sig'imi va ishlatiladigan dvigatellar kuchi - Tesla xodimlari tomonidan hali e'lon qilinmadi.

Oldin sotuvda orqa g'ildirakli haydov model - RWD paydo bo'ladi. Ikki elektr dvigatelli,  4 g'ildirakli haydov mashinasi sotuvga kechroq - 2017-yil iyul oyidagi ishlab chiqarishdan 6-9 oy o'tib chiqarildi. 

 
 

Model 3 ning barcha o'zgartirilgan turlari avtopilot tizimi bilan jihozlanadi. Bundan tashqari kompaniya avtomobilning yanada xavfsiz tizimini yaratishini ta'kidlab o'tmoqda.

Eksteryer

Model 3 ning tomi butunlay shishadan ishlangan. Kuzov dizayni - kompaniyaning boshqa modellari stilistikasida.

 
 
 
 
 
 

Eshiklar ramkasiz - xuddi Model S va Model X kabi

 

Orqa bagajnik uzun tasmalarda

Interyer

Konsept rasmlariga qarasak, haydovchi o'rindig'ida rul orqasida klassik moslamalar paneli yo'qligi ko'rish mumkin. Uning o'rniga muhandislar 15 dyumli LG ekranini joylashtirishdi. Unda avtomobilning yurishi va boshqaruv funksiyalari haqidagi ma'lumotlar ko'rinib turadi.

 
 
 

Taxminlarga ko'ra, Model 3 ni tirsakqo'ygichli markaziy tonnel va narsalarni saqlash qutisi bilan jihozlashadi. Model S interyerida aynan shu jihozlar bo'lmagani uchun noroziliklar kelib chiqqan.

Hozircha avtomobil rulining qanday ko'rinishda bo'lishi haqida aniq ma'lumotlar yo'q. Model 3 ning oldingi prototiplari suratlarida rulda hech qanday knopkalarning yo'qligi - faqatgina rul orqasida standart ko'p funksiyali richaglar bor.

 
 

2016-yilning noyabrida taqdim etilgan mashinaning prototipida Model 3 da 3 spitsali, 2 knopkali g'ildirak paydo bo'lgan.

 
 

Tesla reklama materiallarida mashina interyeriga oid suratlarni joylashtirmaydi, masalan avto ishlab chiqarish saytida mashinaning eksteryer suratlarini ko'rishingiz mumkin. Elon Mask o'zining Twitterdagi sahifasida buning sababi interyerga kerakli bo'lgan elementlarning qo'shilishi yoki o'zgartirilishi mumkinligi bilan bog'liq. Masalan, avtokar salonining ventilyatsiya teshiklari qayerda joylashishi hali aniq emas.

Narxlar

Avtomobilning boshlang'ich narxi-35 ming$.

Lekin xarodorlarni qo'shimcha to'lovlar kutmoqda. Har yili o'tkaziladigan aksionerlar majlisining 2016-yilning may oyidagi yig'ilishada Mask Model 3 egalarining Supercharger zaryadlash tarmog'idan foydalanishlari uchun to'lov to'lashlarini aytib o'tdi. 

Avtomobilga kompaniya rasmiy sayti orqali buyurtma berish mumkin -  buning uchun 1 ming dollar hisobida depozit kiritish kerak. Tesla kompaniyasi so'zlariga qaraganda, Eski ma'lumotlarga qaraganda, 2016-yilning avgust oyida 400 ga yetgan.

Мавзу:

#Tesla