To‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilishi mumkinmi?

To‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilishi mumkinmi?

Ma’lumki, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128 prim 6-moddasiga ko‘ra transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ichki ishlar vazirining 2011 yil 31 maydagi 68-sonli buyrug‘i 36-bandiga asosan Kodeksning 128 prim 6-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa) transport vositasi ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy ish ko‘rib chiqilgunga qadar ushlab turilishi mumkin

Bunda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi ushlab qolinganligi haqidagi ma’lumot bayonnomaga qayd qilinadi va haydovchiga barcha hujjatlari qaytarib beriladi. 

Demak, to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi sababli sizning haydochilik guvohnomangiz olib qo‘yilishi mumin emas.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!