Toshkent markazida 2,2 mingdan ortiq pullik avtoturargohlar ochiladi — ko‘chalar ro‘yxati

Toshkent markazida 2,2 mingdan ortiq pullik avtoturargohlar ochiladi — ko‘chalar ro‘yxati

O‘nta markaziy ko‘chada 2251 ta avtomobil uchun pullik to‘xtash joylari tashkil etiladi, shundan 5 foizga yaqini nogironlar uchun mo‘ljallangan.

Toshkent shahar Transport va yo‘l infratuzilmasi bosh boshqarmasi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilda poytaxting 10 ta markaziy ko‘chasida 2251 ta avtomobil uchun pullik to‘xtash joylari va 57 ta parkomatlar o‘rnatiladi.
Shuningdek, ikkita parkonma shinasi va ikkita evakuator ishlaydi.

"Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq quyidagi ko‘chalarda davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylarini tashkil etish belgilangan.

— Glinka ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 202 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 20 ta;

— Bratislava ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 84 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 2 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 8 ta;

— Mirobod ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 385 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 35 ta;

— Avliyo ota ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 150 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 15 ta;

— Taras Shevchenko ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta;

— Said Baraka ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta;

— Moshtabib ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 165 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 16 ta;

— Fidokor ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 120 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 12 ta;

— Sodiq Azimov ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 324 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 32 ta;

— Yakub Kolas ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 180 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 18 ta.

Qayd etilishicha, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yo‘l bo‘yi avtoturargohlardan foydalanishda ushbu ko‘chalardagi avtomobil to‘xtash joylaridan kelib chiqqan holda 5 foizi aynan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratiladi va ularning joylaridan boshqa foydalanuvchilar foydalanishi taqiqlanadi. Ushbu loyiha asosan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yo‘l bo‘yi avtoturargohlardan foydalanish bepul etib belgilash rejalashtirilgan.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!