Toshkentda 16 ta yangi sotib olingan "MAN A22 CNG" rusumli avtobus 5 ta yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi

Toshkentda 16 ta yangi sotib olingan

🚌 “Toshshahartransxizmat” AJ va “TRUCK AND BUS TRADE GROUP” MCHJ oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan, joriy yilning 4-yanvar kuni “MAN A22 CNG” rusumli avtobuslarning navbatdagi 16 donasi “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufiga topshirildi. Mazkur avtobuslarning:

🔹4 donasi  — “1-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 28-sonli “Yashnobod qurilish kolleji – Ibn Sino 2-mavzesi”;
🔹4 donasi — “7-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 13-sonli “Izza mavzesi – Toshkent MUM”;
🔹1 donasi — “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 91-sonli “Yunusobod mavzesi 15-daha – Koʻkcha masjidi bekati”;
🔹1 donasi — “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 118-sonli “Chilonzor buyum bozori – Oʻzposlsavdo”;
🔹3 donasi — “18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 87-sonli “Chinni bozori bekati – Qoraqamish 2/4 mavzesi”;
🔹3 donasi — “18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 88-sonli “Ibn Sino 2-mavzesi – M.Yusuf koʻchasi” avtobus yoʻnalishlarida xizmat koʻrsatish uchun biriktirildi.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!