Toshkentda avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25-30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqarmoqda

Toshkentda avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25-30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqarmoqda

Prezident topshirig‘iga asosan, so‘nggi uch kunda Toshkent shahridagi jamoat transporti tizimidagi muammolarni bartarf etish maqsadida tezkor choralar amalga oshirilyapti.

● 16-17-dekabr kunlari poytaxtga 204 ta avtobuslar olib kelindi va yo‘nalishga chiqarildi. Natijada, yo‘nalishdagi avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25-30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqaradi; 

● Shahardagi 148 ta yo‘nalishning 34tasi muammoli ekani aniqlandi. Barcha yo‘nalishlarga 200 dan ortiq qo‘shimcha avtobus jalb etilgach, 17ta yo‘nalishdagi muammo bartaraf etildi, biroq aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun yana 21ta  yangi avtobus yo‘nalishi shakllantirilishi zarur; 

● Poytaxtning 8 ta avtobus parklarining 1374 ta transport vositalari to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, ulardan texnik nosoz holatdagi 259 ta avtobusning 89tasi ta’mirlandi;

● Haydovchilar tanqisligini bartaraf etish maqsadida 2 425 nafar “D, E” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati shakllantirildi, hozirga qadar ularning 140 nafardan oshiq ishga qabul qilindi.

● Avtobus saroylaridagi mavjud issiqlik, suv va shu kabi boshqa muammolar bartaraf etildi.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!

Мавзу:

#автобус