Toshkentda BMW YTHga uchradi. Haydovchi “Ummon” guruhi solisti Zohid ekani aytilmoqda

Toshkentda BMW YTHga uchradi. Haydovchi “Ummon” guruhi solisti Zohid ekani aytilmoqda

Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan Mega Planet atrofida BMW haydovchisi katta tezlikda boshqaruvni yo‘qotib, YTHga uchragani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda rulda sobiq “Ummon” guruhi solisti Zohid bo‘lgani, vafot etgan odam esa uning yaqin do‘sti ekani aytilmoqda.

Qo‘shiqchi esa kasalxonaga yotqizilgan bo‘lishi mumkin. Rasmiy munosabat hali e’lon qilinganicha yo‘q.

Мавзу:

#авария