Toshkentda Kichik halqa yo'li ichida tezlik 60 km.ga, markaziy ko‘chalarda esa soatiga 50 km.gacha tushiriladi

Toshkentda Kichik halqa yo'li ichida tezlik 60 km.ga, markaziy ko‘chalarda esa soatiga 50 km.gacha tushiriladi

Toshkent shahri Kichik halqa avtomobil yo‘li ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 60 km.gacha cheklanadi. Shahar kengashi doimiy komissiyasi shunday xulosaga kelgan

Shu bilan birga, ba’zi ko‘chalarda harakat xavfsizligini to‘laqonli ta’minlash, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport holdisalarining oldini olish va kamaytirish, shuningdek, harakat ishtirokchilari uchun yetarli darajada qulay sharoitlar yaratish maqsadida trasport vositalarining harakat tezligini soatiga 50 km.gacha cheklash maqsadga muvofiq deb hisoblandi. Bular jumlasiga Alisher Navoiy, Mahtumquli, Amir Temur, Kichik halqa avtomobil yo‘li, Islom Karimov, Taras Shevchenko, Bobur va Furqat ko‘chalarining bir qismi va Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘li kiradi. 

Doimiy komissiya kiritgan masala kengashning navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladi.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#қоида