Toshkentga yangi avtobuslar olib kelindi

Toshkentga yangi avtobuslar olib kelindi

14-dekabr kuni qo‘shimcha 20 dona “MAN A22” rusumli yuqori sig‘imli avtobuslar,15-dekabr kuni esa yana 100 dona “Isuzu” avtobuslari olib kelindi.

Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Keltirilishicha, “7-Avtobus saroyi” filialida bo‘lgan jamoat transporti yo‘nalishlarida “Isuzu” avtobuslari validatorlar bilan jihozlanib, haydovchilarga yo‘riqnomalar o‘tkazilmoqda.
15-dekabr kuni 190-sonli avtobus yo‘nalishida “Isuzu” rusumli avtobuslar o‘rniga 10 dona “MAN RR3” rusumli sayyohlik avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

190 sonli avtobus yo‘nalishdagi avtobuslar esa harakat tarkibi kam bo‘lgan yo‘nalishlarga vaqtinchalik biriktirilgan.

Shahar jamoat transporti yo‘nalishlarida sifatli xizmat ko‘rsatish va yo‘lovchi tashishni tashkil etish uchun 15 dekabrdan boshlab 181-sonli yo‘nalishga 8 ta, 120-sonli yo‘nalishga 3 ta va E-1 tezkor yo‘nalishga 5 ta “Yutong” rusumli “O‘zavtotransservis” MCHJ avtobuslari jalb etildi.

2022-yil 15-dekabr holatiga ko‘ra “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan jami 944 ta avtobus yo‘nalishga chiqarildi.

Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!

Мавзу:

#автобус