Traktor va avtomobillar dvigatellarining rivojlanish tarixi

Traktor va avtomobillar dvigatellarining rivojlanish tarixi

Traktor g‘ildirakli yoki zanjirli o‘zi yurar mashina bo‘lib qishloq xo‘jalik va boshqa mashinalarni harakatga  keltirish uchun  ishlatiladi. Qishloq  xo‘jaligida, melioratsiya va yo‘l qurishda, yuk tashishda ko‘proq traktorlardan foydalaniladi.Avtomobillar transport vositasi sifatida yuklarni va passajirlarni tashish uchun 
ishlatiladi.

Dvigatellar tarixi. 1860-yilda  fransuz  mexanigi E.Lenuar  ikki  taktli  gazda  yangi  zaryadni oldindan siqmasdan ishlaydigan  uchqun  bilan  o‘t  oldiriladigan  dvigatel  yaratdi.  Bu  dvigatelning FIK 4-5% tashkil qilgan.  1877-78-yillarda nemes ixtirochisi N.Otto to‘rt taktli zaryadni siqib uchqun yordamida o‘t oldiriladigan gazda ishlaydigan dvigatel  yaratdi.  Bu  dvigatel tejamkorligi Lenuar  dvigateliga  nisbatan  ancha  yaxshilangan  edi.  1896-yili  nemis 
injeneri  R.Dizel  siqishdan  alangalanadigan  dvigatel  konstruksiyasini  yaratdi.  Rus olimlari  dvigatel  nazariyasini rivojlantirishga  katta  xissa  qo‘shdilar,  professor V.Grinevetskiy dvigatel issiqlik hisobi asoslarini ishlab chiqdi.

Traktorlar tarixi. 1785-yili  professor  Komov  M.M. tez harakat qiluvchi mashina yaratish ideyasini ilgari surdi. 1889-yilda  jahonda birinchi marta Saratovda ko‘rgazmada Blinov F.A. tomonidan yaratilgan bug‘ bilan ishlaydigan zanjirli traktor ishlatib ko‘rsatildi. 1893-95-yili Mamin Ya.V.  neftda ishlaydigan ichki yonuv dvigatelli o‘ziyurar telejkani,  1910-yilda esa neftda ishlaydigan quvvati 25 ot kuchi bo‘lgan ichki yonuv dvigatelli g‘ildirakli traktor yaratdi.

Rossiyada 1930 yilda Stalingrad (xozirgi Volgagrad), 1933-yilda Chelyabinsk, 1941-45-yillarda  Altay va  Vladimir traktor  zavodlari  ishlay  boshladi. Ukrainada  1931-yil Xarkovda g‘ildirakli traktorlar ishlab chiqaradigan zavod ishga tushdi,  ikkinchi  jaxon urushidan  keyin  Belorussiyada  Minsk,  Moldovada  Kishinev,  1970-yilda  O‘zbekistonda Toshkent traktor zavodlari ishga tushirildi.

Avtomobillar tarixi. Rossiyada  1923-yilda  Moskvada dastlabki avtomobillardan  birini  (ko‘tarish qobiliyati 1,5 t bo‘lgan AMO-F15) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Shundan keyin Yaroslavl, Gorkiy  shaxarlarida avtomobil zavodlari ishga tushdi.  Keyinchalik  Kremenchug,  Voljskiy va Kamskiy shaxarlarida qurilgan zavodlarda avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Dunyo miqyosida  dvigatel,  traktor  va  avtomobillar  ishlab  chiqarish  yirik xususiy kompaniyalar  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bugungi  kunda  dvigatellar  ishlab  chiqaruvchi Kammins  va Perkins, traktorlar  va  qishloq  xo‘jalik  mashinalari  ishlab  chiqaruvchi  Djon Dir,  Keys  Nyu  Xolland,  Massey Fergyuson, Katerpiller,  Klaas,  Komatsu  kompaniyalari tomonidan  ishlab  chiqarilgan  dvigatel,  traktor  va  q/x mashinalaridan dunyoning  ko‘plab mamlakatlarida  foydalanilmoqda.  Avtomobillar  ishlab  chiqarishda  General motors(GMC, Cadillac, Chevrolet, Opel), Daymler Kraysler (Mercedes), Ford (Ford, Lincoln, Mercury, Mazda,  Jaguar, Land Rover,  Aston  Martin,  and  Volvo)  va  Toyota  kompaniyalari  eng  taniqli hisoblanadi. O‘zbekistonda  mustaqillik yillarida dvigatellar, traktor va avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Toshkent traktor zavodida TTZ-30,  TTZ-60,  TTZ-80,  TTZ-100  traktorlarini  ishlab  chiqarish  yo‘lga  qo‘yildi. Bugungi kunda zavodda  Janubiy  Koreyaning  LS  Mtron  kompaniyasi  bilan  hamkorlikda  bir  necha rusumdagi traktorlar ishlab chiqarilmoqda.  Bundan tashqari AQSHning Keys Nyu Holland va Germaniyaning Klaas kompaniyalari bilan hamkorlikda  tashkil qilingan  UzKeystraktor va UzKlaasagro qo‘shma korxonalarida ham traktorlar ishlab chiqarilmoqda. Janubiy  Koreyaning  Deu  kompaniyasi  bilan  xamkorlikda  1996-yilda  Asakada  yengil avtomobillar zavodi  ishga  tushirildi.  Hozirda  bu  zavodda  General  motors  kompaniyasi bilan  hamkorlikda  avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.  So‘ngi  bir  necha  yillar  davomida zavodda yiliga 200 mingdan  ortiq  avtomobil  ishlab chiqarilmoqda. 2011-yilda Toshkentda General Motors kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar uchun dvigatellar ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi.  Yana bir avtomobil zavodi Samarqandda ishga tushirildi. Bu yerda  Yaponiyaning Isuzu va Germaniyaning Man kompaniyalari bilan hamkorlikda avtobuslar va yuk  avtomobillariishlab chiqarilmoqda.       

Traktorlar  klassifikatsiyasi. 

Vazifasiga ko‘ra
Umumiy  ishlarni  bajaradigan  traktorlar  (DT-75MV,  T-150K,  T-4A,K-701, VT-150, Magnum 8940, T-7060, Arion-630, TS-135, Belorus-1221).Bu traktorlardan  yer  haydashda,  yerlarni ekin ekishga tayyorlashda,  ekin ekishda foydalaniladi. 

Universal  chopiq  traktorlari  (T-25A,  T-40M,  T-28X4M,  TTZ-60, MTZ-80,  TTZ-80.10,  MTZ-100,  TTZ-100,  Aksos-340,  LS  PLUS-100, TL-100).
Ixtisoslashgan traktorlar (MTZ-80X, TTZ-80.11, DT-75KV, TT-40). 
Yurish kismini konstruksiyasiga ko‘ra
o g‘ildirakli
o zanjirli

Traktorlar tortish kuchiga qarab bir necha sinflarga bo‘linadi. Sinflar yig‘indisi tipaj  deb yuritiladi, traktor tipajida  0,2; 0,6; 0,9; 1,4; 2; 3; 4;  5;  6;  8  kN  tortish kuchili 10 ta sinf mavjud. 

Avtomobillar klassifikatsiyasi.  
  Vazifasiga ko‘ra
o  Passajir transportida ishlatiladigan avtomobillar
  8 kishidan kam odam sig‘adigan yengil avtomobillar
  8 kishidan ko‘p odam sig‘adigan avtobuslar
o  Yuk avtomobillari (yuk ko‘tarish qobiliyatiga qarab yana kichik 
guruxlarga bo‘lish mumkin)
o  Maxsus avtomobillar (o‘t o‘chiruvchi, avtokranlar, tez yordam va boshqalar)
Traktor asosiy qismlari.

Traktor quyidagi asosiy bo‘laklardan tuzilgan: Dvigatel yonilg‘ini yonishidan hosil bo‘lgan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib  berish  uchun mo‘ljallangan.  Dvigatel  silindrida  hosil  bo‘lgan  bosim  kuchi yordamida tirsakli val aylantiriladi va bu harakat transmissiyaga uzatiladi.Transmissiya  tirsakli  val  aylanma harakatini  yetakchi g‘ildiraklarga  uzatadi. Transmissiya  ilashish  muftasi,  uzatmalar  qutisi,  asosiy  uzatma, differensial va oxirgi uzatmalardan tashkil topgan.

Yurish qismi  g‘ildiraklarni aylanma harakatini traktorni ilgarilanma harakatiga aylantirib beradi. Boshqarish mexanizmi  traktorni harakat yo‘nalishini o‘zgartirish va uni qo‘zg‘almas vaziyatda  tutib turish uchun zarur.  Bu mexanizm rul yoki planetar mexanizmi va tormozdan tashkil topgan ish  jihozlariga tirkash, shatakka  olish qurilmalari, quvvat olish vali mexanizmlari kiradi. Yordamchi jihozlar kabina, kapot, yoritish va signal berish qurilmalari, sovitish va isitish moslamalari va boshqalar kiradi. Avtomobil asosiy qismlari. Dvigatel, shassi va kuzovdan iborat avtomobil shassisi transmissiya, yurish qismi va boshqarish mexanizmini o‘z ichiga oladi. Shassiga kuzov o‘rnatiladi.