Urganch shahrida avtobus yo‘lovchilari halok bo‘ldi. Ular orasida 2000-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi ham bor

Urganch shahrida avtobus yo‘lovchilari halok bo‘ldi. Ular orasida 2000-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi ham bor

Bugun, 2022 yil 12 may kuni soat 14:30larda Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy-Sheroziy-G‘.G‘ulom ko‘chalari kesishgan chorrahada YTH sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 1949 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi Lada-2194 rusumli hamda haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli avtobus ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, avtobus yo‘lovchilari, 1961 yilda tug‘ilgan M.M. hamda 2000 yilda tug‘ilgan M.O‘.lar tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Lada-2194 rusumli avtomobil haydovchisi olgan tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Urganch shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!