UzAuto Motors 2023-yilda yarim million avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

UzAuto Motors 2023-yilda yarim million avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

UzAuto Motors 2023-yildayoq 500 mingta avtomobil ishlab chiqarish, istiqbolda esa bu ko‘rsatkichni 1 milliontaga yetkazishni rejalashtirmoqda. «O‘zavtosanoat», UzAuto Motors va General Motors o‘rtasida ishlab chiqarishni kengaytirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

UzAuto Motors 2023-yilda yengil avtomobillar ishlab chiqarish quvvatini 500 mingtaga yetkazmoqchi. Kompaniyaning Asakadagi (Andijon viloyati) avtomobil zavodida «O‘zavtosanoat», UzAuto Motors va General Motors kompaniyalari o‘rtasida bu haqdagi shartnoma imzolandi.

Imzolash marosimi General Motors International prezidenti Shilpan Amin boshchiligidagi kompaniya delegatsiyasining Asakadagi UzAuto Motors zavodiga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.

UzAuto Motors matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun yangi modellar ishlab chiqarishdan tashqari, Cobalt va Damas avtomobillarining har birini ishlab chiqarish quvvatini 150 ming donagacha oshirishga qaror qilindi.

Сайт янгиликларидан доимий хабардор бўлиш учун Телеграм каналимизга қўшилинг!