UzAuto Motors barcha avtomobillarni topshirish va to’lovlarni qabul qilishni yana bir necha kunga to’xtatdi

UzAuto Motors barcha avtomobillarni topshirish va to’lovlarni qabul qilishni yana bir necha kunga to’xtatdi

UzAuto Motors kompaniyasi SAP hisob dasturiy ta’minotini amalga oshirish va mahsulot inventarizatsiya qilish ishlari uzaytirilganiligi haqida ma’lum qiladi. Shu munosabat bilan, barcha avtomobillarni topshirish va to’lovlarni qabul qilish yana bir necha kunga to’xtatiladi. Bundan tashqari, dasturiy ta'minotni ishga tushirish tadbirlaring o'tkazilishi munosabati bilan UzAvtoSavdo ilovasi faoliyati ham vaqtincha to'xtatib turilishi mumkin.

Dasturiy ta'minotni yangilash va inventarizatsiya ishlari yakunlangandan so'ng, kontraktatsiya shartnomalarini tuzish, oldindan to’lovni qabul qilish va avtomobilni yetkazib berish to’liq hajmda qayta tiklanadi.

Iste’molchilarimizni ishontirib ayta olamizki, 2022-yil, yangi yil arafasida avtomobil yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan va vaqtinchalik cheklov uchun oldindan to‘lovni amalga oshira olmagan shaxslar ish qayta tiklanganidan so’ng, avtomobil uchun oldindan to’lovni amalga oshirishi mumkin. Shu bilan birga, ular tomonidan avtomobil yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar o‘z kuchida qoladi, faqat oldindan to‘lov muddati uzaytiriladi.

UzAuto Motors kompaniyasi iste’molchilardan yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun so’rab qoladi, deyiladi kompaniya xabarida.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#GM