"UzAuto Motors" yana bir ishda yutqazdi

"Da’vogar foydasiga 199 mln "neustoyka" va 10 mln so‘m ma’naviy zarar undirilgan. 

Avtomashinadagi defektni aniqlagan mijoz kafolat muddati doirasida avtosalonga ushbu defektni bartaraf etish bo‘yicha murojaat qiladi. Ammo ha deganda avtomashinadagi mavjud nuqson bartaraf etilavermagach, mijoz sudga da’vo ariza kiritadi. 

Birinchi instansiya sudi mijoz foydasiga qaror qabul qiladi. Qarordan norozi bo‘lgan "UzAvto Motors" apellyatsiya shikoyati beradi. Ish xujjatlarini o‘rganib chiqqan apellyatsiya sudi birinchi instansiya sudini qarorini o‘zgarishsiz qoldirgan. 

Kezi kelganda o‘z qonuniy xaq- xuquqlaringizni talab qilib turganingiz xam foydadan xoli emas."

Manba

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!

Мавзу:

#GM