UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Cobalt “Optima”ni taqdim etdi!

UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Cobalt “Optima”ni taqdim etdi!

UzAuto Motors kompaniyasi iste’molchilarning taklif va mulohazalarini o’rganib chiqib, yangi komplektatsiyadagi Chevrolet Cobalt “Optima” avtomobilini ishlab chiqirishni boshladi. 

Endilikda xaridorlarga avtomat uzatmali Chevrolet Cobalt avtomobilini quyma disk o’rniga po’lat disk bilan sotib olish imkoniyati berilmoqda. Shuningdek, “Optima” komplektatsiyasi orqa qoraytirilgan oyna, kuchaytirilgan dvigatel va himoya karterini o’z ichiga oladi.

Po’lat disklar notekis yo’llarda avtomobilning yumshoq va muammosiz harakatlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, notekis yo’llarda shikastlanishdan himoyalash, qulay xizmat ko’rsatish va ma’lum bir sharoitlarda yoqilg’i tejamkorligi bilan ahamiyatlidir.  

Yangi modifikatsiyadagi avtomobil may oyidan boshlab rasmiy dillerlik markazlarida optimallashtirilgan narxda sotuvga chiqariladi.

Chevrolet Cobalt “Optima” avtomobilini xarid qilish uchun shartnomani CHEVROLET rasmiy dilerlik markazlarida tuzishingiz mumkin.

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!