Uzbekistan Airways 21-maydan Toshkent—Batumi—Toshkent yo‘nalishida mavsumiy parvozlarni amalga oshiradi

Uzbekistan Airways 21-maydan Toshkent—Batumi—Toshkent yo‘nalishida mavsumiy parvozlarni amalga oshiradi

Uzbekistan Airways O‘zbekiston va Gruziya hududlari o‘rtasidagi yana bir to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi.

2022-yil 21-maydan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent—Batumi—Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy parvozlarni amalga oshiradi. Toshkentdan kurort shahriga aviaqatnovlar haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Gruziyaga kirish uchun emlanganlik haqidagi sertifikatning asl nusxasini taqdim etish kerak. Aks holda, 10 va undan katta yoshdagi yo‘lovchilar PZR-testining manfiy natijasini taqdim etishlari kerak (amal qilish muddati 72 soat).

Toshkent—Batumi yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 2 386 569 so‘mdan (bagajsiz) va 2 746 353 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent—Batumi—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 4 070 059 so‘mdan (bagajsiz) va 4 621 728 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Narxlar 2022-yil 27-aprel holatiga ko‘ra amal qiladi.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#самолёт