Xitoy Tesla elektromobillarini cheklashni boshlandi

Xitoy Tesla elektromobillarini cheklashni boshlandi

Tesla avtomobillari 1-iyuldan boshlab kamida ikki oy davomida Xitoyning Beydayxe shahriga kirishi taqiqlanadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Hozircha rasmiylar nima sababdan bu qarorga kelgani haqida ma’lumot berilmagan. Tez orada sabablar aytilishi kutilmoqda.

Pekin sharqidagi sohil kurorti Beydayxe an’anaviy tarzda Xitoyning yuqori martabali rahbarlarining yozgi konklaviga mezbonlik qiladi. Unda ular yopiq eshiklar ortida kadrlar harakati va siyosat g‘oyalarini muhokama qiladi. 

Xitoy odatda uchrashuv sanalarini rasman e’lon qilmaydi.

O‘tgan yili Xitoy harbiylari Tesla elektromobillariga o‘z majmualariga kirishni taqiqlab qo‘ygan edi. Bunga mashinalarda o‘rnatilgan kameralar xavfsiz emasligi sabab qilib ko‘rsatilgan. 

Mask o‘shanda Tesla avtomobillari Xitoyda ham, boshqa joyda ham josuslik qilmagani, agar shunday qilsa, kompaniya yopilishini aytgan edi. 

Bir necha oy o‘tgach, Tesla Xitoyda sotiladigan avtomobillar tomonidan yaratilgan barcha ma’lumotlar mamlakatda saqlanishini aytdi.

Tesla elektromobillarida haydovchilarga to‘xtash joyi, yo‘lni o‘zgartirish va boshqa funksiyalarda yordam beradigan bir nechta tashqi kameralar mavjud.

Tesla’ning Shanxaydagi zavodi o‘tgan yili AQSH avtomobil ishlab chiqaruvchisi dunyo bo‘ylab yetkazib bergan 936 mingta avtomobilning yarmini ishlab chiqardi. 

Biroq, bu yil zavod Shanxaydagi blokirovka tufayli to‘xtab qoldi, bu esa zavodni rekord darajadagi 22 kunga yopishga majbur qildi.

Carzone.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!

Мавзу:

#Tesla