Xorijiy avtomobil O‘zbekiston hududida necha kun qola oladi? 

Xorijiy avtomobil O‘zbekiston hududida necha kun qola oladi? 

Xorijiy avtotransport vositasining bojxona hududida turishining umumiy muddati kalendar yil mobaynida jami to‘qson kalendar kundan oshmasligi lozim, xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishda qo‘llaniladigan avtotransport vositasi bundan mustasno.

E’tibor berish kerakki, bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod etilgan muddat o‘tgandan so‘ng xorijiy avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida to‘qson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun transport vositasining har bir ot kuchidan bazaviy hisoblash miqdorining 0,7 % miqdorida yig‘imni to‘lash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.

Bugungi kunda bazaviy hisoblash miqdori 300 000 so‘m. 

Asos: “Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.