Yangi avtobuslar xarid qilinadi

Yangi avtobuslar xarid qilinadi

“Toshshahartransxizmat” AJ joriy 2022-yilning o‘zida 277 ta yangi avtobus va elektrobuslar sotib olgan. Shunga qaramay, aholi ehtiyojining keskin oshishi ortidan mavjud 142 ta yo‘nalishda belgilanganidan ancha kam transport vositalari xizmat ko‘rsatib kelgan.

Natijada yo‘lovchilar bekatlarda 20-30 daqiqalab avtobus kutishga majbur bo‘lgan. Kecha poytaxtimizdagi 18-avtobus saroyi faoliyati bilan tanishgan davlatimiz rahbari ushbu holatni keskin tanqid qilib, soha mutasaddilari oldiga bu kamchiliklarga barham berish, qisqa muddatda yo‘nalishlarga qo‘shimcha avtobuslar qo‘yish vazifasini topshirdi.

Prezident topshirig‘i bilan poytaxt jamoat transporti faoliyatini yaxshilash, shaharliklarning jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun yana 1000 ta yangi avtobus xarid qilinadi va oraliq masofalar 7-10 daqiqaga qisqaradi.

Мавзу:

#автобус