Yangi "Moskvich"ning taxminiy narxi ma’lum qilindi

Yangi

Rossiyada ishlab chiqarilgan "Moskvich 3" krossoverining narxi 27 dan 33 ming dollargacha bo‘lishi mumkin. Bu haqda "TASS"ga avtomobil bozoridagi manbalarga tayanib ma’lum qildi.

Suhbatdoshning ta’kidlashicha, ruslar avtomobil uchun bunday summalarni imtiyozli avtokredit dasturi bo‘yicha chegirmani hisobga olmagan holda to‘laydi. Boshqa manbaga ko‘ra, kompaniya taxminiy narxni ikki million darajasida muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi, ammo u hali yakuniy tasdiqlanmagan narx bo‘lishi ham mumkin. "Moskvich" zavodi matbuot xizmati hozircha krossoverning aniq narxini e’lon qilmagan.

"Moskvich 3" benzinli turbo dvigatel, CVT avtomatik uzatmalar qutisi yoki olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Yangi krossover va uning elektr analogi "Moskvich 3ye" Xitoyning JAC JS4 varianti bo‘lib, Rosstandart ma’lumotlar bazasi asosida tuzilgan.

Renaultkonsernining sobiq korxonasi o‘rnida joylashgan Moskvadagi "Moskvich" zavodi ommaviy ishlab chiqarishni qayta boshlagani 23-noyabr kuni ma’lum bo‘ldi. Korxona joriy yilda 600 ta avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan, shundan 200 tasi elektromobil bo‘ladi. Zavodning kelgusi yil rejalarida ishlab chiqarishni qariyb yuz baravar oshirish - 50 mingtagacha oddiy avtomobillar va 10 mingtagacha elektromobillar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 2025-yilda zavod 120 000 ta avtomobil, shu jumladan 25 000 ta elektromobil ishlab chiqarishni maqsad qilganligi aytilmoqda.

Мавзу:

#Москвич