Yangi "Moskvich" unchalik ham "yangi" emas ekan...

Yangi

Moskva meri Sergey Sobyanin RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida kelasi haftada «Moskvich» zavodida avtomobil yig‘ish boshlanishini ma’lum qildi.

«Umid qilamanki, kelgusi yilda zavod Renault bo‘lgan davr bilan taqqoslanadigan ish hajmiga erishadi. Biz esa 2-3 yil ichida o‘z platformamizni, elektromobillar uchun Rossiya platformasini ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz», — deya qo‘shimcha qilgan poytaxt meri.

Mart oyi oxirida Renault Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi va may oyi o‘rtalarida kompaniya Rossiya aktivlarini davlat hamda Moskva hukumatiga topshirishga rozi bo‘ldi.



Biroq Sobyanin aytayotgan yangi “Moskvich” unchalik ham yangi emas ekan. Hamma yoqda jar solib, reklama qilinayotgan yangi "Moskvich 3" va "Moskvich 3e" modellari aslida Xitoyning JAC avtomobillarining ko‘chirilgani ekan. Aftidan, rus avtomobilsozlari o‘zbek hamkasblari bilan tajriba almashishgan, shekilli.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!

Мавзу:

#Москвич