Yomg‘ir yog‘ayotganda avtomobilni qanday boshqarish kerak?

Yomg‘ir yog‘ayotganda avtomobilni qanday boshqarish kerak?

Avtomobil boshqarishni yaqinda boshladingizmi? U holda  yomg‘irli ob-havo sharoitida siz uchun avtomobil boshqarish murakkab bo‘lishi  turgan gap. Ho‘sh, yomg‘ir yog‘ayotganda avtomobilni xavfsiz boshqarish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Tabiiyki, yomg‘ir vaqtida harakatlanishg xavfli bo‘lishiga qaramay, yo‘llarda haydovchilarning aksariyati o‘ziga juda ham ishongan holda avtomobil boshqarayotganini ko‘rasiz. Ko‘pchilik haydovchilar yomg‘ir vaqtida qanaqa tezlikda harakatlanayotganiga e’tibor qiling. Ba’zida, atrofingizda avtomobil boshqarayotganlarning barchasi professional haydovchilar degan xayol keladi va sizda ham avtomobilni ular kabi katta tezlikda boshqarish istagi tug‘iladi. Unutmang, yomg‘ir nafaqat yo‘lni  ko‘ra olish masofasini qisqartiradi, balki avtomobilning yer bilan ushlashishini ham pasaytiradi. Shuningdek, avtomobilning to‘xtash (tormoz olish) masofasini ham ko‘paytiradi.

Agar tashqarida yomon ob-havo bo‘lsa, faqatgina juda zarur holatdagina avtomobilda harakatlaning

Barchamiz yaqin kunlarda ob-havo qanday bo‘lishini kuzatishni yaxshi ko‘ramiz. Xo‘sh, ob-havoni kuzatish sizga foyda beradimi? Statistika bo‘yicha ko‘pchilik insonlar ob-havoni shunchaki kuzatishadi. Agar avtohavaskor bo‘lsangiz,  sinoptiklarning  ob-havo to‘g‘risidagi ma’lumotlari siz uchun muhim va foydali ma’lumot bo‘lishi kerak. Noqulay ob-havo sharoitida ko‘ngilsiz holatlarga tushmaslikning eng yaxshi yo‘li nima ekanligini bilasizmi?

Albatta uyda o‘tirishdir. Chunki hech qayerga chiqmasangiz, yo‘lda o‘zingizga ham, boshqa insonlarga ham zarar yetkaza olmaysiz. Shuning uchun yomg‘irli ob-havoda biror joyga borish zarurati bo‘lmasa, yaxshisi uyda o‘tirganingiz ma’qulroq. Shunday ekan, yaqin kunlardagi ob-havoni bilish,  biror joyga otlanishdan oldin sizga ob-havo sharoitini hisobga olish imkoniyatini  beradi. 

Yo‘lga chiqishdan oldin avtomobil chiroqlarini tekshiring

Agar siz yo‘lga chiqishga qaror qilsangiz, dastlab avtomobilingizning old va orqa optikalarni (chiroqlarni), tumanga qarshi, burilish va avariya chiroqlarini tekshirib olishingiz zarur. Shuningdek, harakatlanishni boshlashdan oldin, avtomobilingiz yo‘ldagi avtomobillar  qatorida  ko‘rinib turishi uchun yaqinni yoritish chiroqlarini yoqishni unutmang.

Agar avtomobilingiz avtomatik yoritish datchigi bilan jihozlangan bo‘lsa, yomg‘irli ob-havoda kunduz kuni avtomatika yaqinni yoritish chiroqlarini yoqishiga ishonch hosil qiling. Yodda tuting, ba’zi rusumdagi avtomobillar, faqatgina kunning qorong‘u vaqtida mashina chiroqlarini yoqadigan sifatsiz yorug‘lik datchiklariga ega bo‘ladi. Agar sizning avtomobilingizda ham shunday holat yuz bersa, qo‘l bilan ishlash rejimida chiroqlarni yoqing.

Tumanga qarshi faralardan foydalanish

Yodda tuting, yo‘l ko‘rinishi yaxshi holatda bo‘lsa, avtomobilning tumanga qarshi chiroqlarini yoqmang. Chunki bu  yaxshi ob-havo sharoitida yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga halal beradi. Agar ovozso‘ndirgichdan chiqayotgan tutun orqa optikaga tegsa, ushbu ta’sir yanada kuchayishi mumkin. 

Misol uchun, katta shosseda agar yo‘l ko‘rinish masofasi 100 metrdan pastga tushsagina, tumanga qarshi chiroqlardan foydalanishingiz mumkin. Tumanga qarshi chiroqlarni yoqish kerakmi yoki yo‘qligini aniqlashning yaxshi usuli,  oldinda 100 metrdan uzoqroq masofada harakatlanayotgan avtomobillarga e’tibor qaratish kerak.

Shuningdek, yomg‘ir yog‘ayotgan va yo‘l ko‘rinishi yomonlashgan vaqtda, uzoqni yorituvchi chiroqlardan ko‘proq foydalaning. Yomg‘ir vaqtida hamda yaxshi ob-havo sharoitida, oldingizda yoki siz tomonga qarama-qarshi tomondan  harakatlanayotgan boshqa avtomobillar bo‘lsa, uzoqni yorituvchi chiroqlardan foydalanish umuman mumkin emas (yomg‘ir vaqtida siz haydovchilar ko‘zlarini yanada kuchli qamashtirishingiz, buning natijasida esa YTH kelib chiqishi mumkin).

Yomg‘ir vaqtida avtomobil boshqarish usuli

Avtomaktabda  ta’lim  olgan har bir haydovchiga, yomg‘irli kunda yoki sirpanchiq yo‘lda o‘rtacha harakatlanish tezligini kamaytirish kerak deb o‘rgatishadi. Qattiq qoplamasi quruq bo‘lgan yo‘lda mashinaning to‘xtash masofasi oshib ketmaydi. Unda, yomg‘ir vaqtida avtomobilning to‘xtash masofasi qanchalik oshib ketishini eslay olasizmi? Yo‘q?

Aslida esa ivigan yo‘lda avtomobilni to‘liq to‘xtatish uchun, quruq asfaltdagiga qaraganda ikki baravar ko‘proq vaqt talab etiladi. Shunday ekan, boshqa avtomobillar bilan oraliq masofani ikki baravar oshirish talab etiladi. Yomg‘irli ob-havoda harakatlanayotganda eng yaxshi qoida  bu - boshqa avtomobil orqa tomonidan to‘rt daqiqalik oraliq masofa bilan harakatlanish kerak. Shu tariqa,  oldingizda harakatlanayotgan avtomobil to‘satdan to‘xtab yoki undan ham yomonroq ko‘ngilsiz yo‘l-transport hodisasiga uchrab qolsa, avtomobilni o‘z vaqtida to‘xtatishingiz va to‘qnashuv sodir etmasligingiz uchun vaqt yetarlicha vaqt bo‘ladi.

Yodda tuting!  Yomg‘ir yog‘ayotgan paytda yo‘lda rul chambaragini to‘satdan burash boshqaruvni yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Shuningdek, agar ilojsiz holatda qolmasangiz birdaniga tormoz berishga shoshilmang, bu avtomobilni surib yuborish xavfini oshiradi.
Bundan tashqari, kuchli yomg‘ir paytida nafaqat oldinda harakatlanayotgan avtomobil, balki yon tomonda harakatlanayotgan avtomobillar bilan ham  oraliq masofalar saqlanganini  nazorat qiling. 

Avtomobil suvda sirpansa nima qilish kerak?

Avtomobil shinalari yo‘llarda to‘plangan suvni chetga sura olmasa, suvda sirpanish yuzaga keladi. Misol uchun, siz kuchli yomg‘ir ostida harakatlanayotganingizda, yo‘l yuzasi bilan tishlashishni ta’minlash uchun rezina protektori ortiqcha suvni chetga suradi.

Lekin siz to‘satdan suv to‘plangan joyga  kirsangiz, rezina o‘z vazifasini bajara olmay qoladi va avtomobilning yo‘l qoplamasi bilan ushlashishi yo‘qoladi. Bunaqa holatda siz yo‘l qoplamasi bilan minimal yoki umuman tishlashishga ega bo‘lmagan avtomobilda serfingistga (suvda sirpanuvchiga) aylanasiz. Bunday paytda qo‘rqib ketish va sarosimaga tushmasdan, balki vazminlikni saqlash zarur. Avtomobil o‘z-o‘zicha sekinlashi uchun gaz tepkisidan oyog‘ingizni sekin olishingiz kerak. Shuningdek, rul chambaragini mahkamroq tuting va rul chambaragini turli trayektoriyaga (yo‘nalishga) burish kabi keskin harakatlar qilmang. Nihoyat, shina ortiqcha suvni yengadi va yo‘l qoplamasi bilan aloqani (ushshlashishni) tiklaydi.

Suv bosish

Yer yuzining ko‘plab shaharlarida qattiq yomg‘ir yog‘ishi natijasida ko‘plab ko‘chalarni suv bosishi kuzatiladi. Esdan chiqarmang, to‘lig‘icha suv ostida qolgan yo‘l qismlari bo‘ylab harakatlanish juda xavfli. Shuning uchun suv bosgan ko‘cha qismidan o‘tishdan oldin, siz buni xavfsiz amalga oshirish mumkinligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.

Yo‘lning suv bosgan qismida harakatni boshlaganda, juda sekin harakatlaning. Avtomobil kuzoviga nisbatan suvning darajasiga e’tibor qarating. Agar suv balandroq va yanada balandroqqa chiqayotganini sezsangiz, oldinga harakatni davom ettirib, xavf-xatarga tavakkal qilmaganingiz ma’qul.

Agar siz shosse yoki ko‘chaning suv bosgan qismini juda tez bosib o‘tsangiz, bu avtomobilning suvda suzishiga (sirpanishiga) olib kelishi mumkin. Shuningdek, suvda harakatlanayotganda tormoz pedalni bosmaslikka harakat qiling, chunki tormozlanish inersiyasidan suv harakatga kelib avtomobil kapot osti muhim qismlariga suv oqib kirishi va mashinaning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. 

Suvdan chiqqandan keyin birdaniga gazni bosib, tezlanish kerak emas. Avvalo tormoz tizimining ishchi holatda ekanligini tekshirib olishingiz zarur. Qoida bo‘yicha suv bosgan qismlardan harakatlanib o‘tgandan keyin, unchalik katta bo‘lmagan tezlikda, tormoz pedallarini bir necha bor keskin bosib, tormozlarni quritib olish kerak.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.