Yomg'ir yog'ayotganda haydovchilar qanday harakatlanishadi(so'rovnoma)

Yomg'ir yog'ayotganda haydovchilar qanday harakatlanishadi(so'rovnoma)

Auto Mail.ru portali mutaxassislari so'rov o'tkazib, yomg'irda haydovchilarning haydash uslubi qanday o'zgarishini va ko'lmaklardan o'tayotganda piyodalar va boshqa yo'lda harakatlanuvchilar haqida o'ylash-o'ylamasliklarini aniqladilar. So‘rovda 9 mingga yaqin kishi ishtirok etdi.

So'rovnoma ishtirokchilarining 75 foizidan ortig'i kuchli yomg'irda sekinlashadi. Respondentlarning qariyb 56 foizi katta ko'lmaklardan ehtiyotkorlik bilan o'tadi. So‘rov ishtirokchilarining 4,4 foizi kuchli yomg‘irda mashina haydashdan qochishadi, 5,6 foizi esa yomg‘ir paytida haydash uslubini o‘zgartirmaydi.

So'rov natijalariga ko'ra, deyarli har bir kishi ko'lmaklardan o'tayotganda boshqa yo'l harakati qatnashchilari haqida o'ylaydi va ayniqsa, yo'llarning chetki qismida harakatlanadiganlar haqida. Haydovchilarning 87 foizidan ortig'i piyodalarga suv sachratmaslik uchun tezlikni pasaytiradi va avtomobilchilarning deyarli 45 foizi boshqa mashinalarni suv bilan qoplamaslik uchun ko'lmaklar oldida tezlikni pasaytiradi.

Kuchli yomg'irda ovoz berganlarning 25 foizidan ortig'i, hatto talab qilinmasa ham, piyodalarga yo'l berishadi. Hamma narsaga befarq bo'lib, yomg'irda boshqalarni o'ylamasdan haydaydigan avtoulovchilar esa 2 foizdan kam bo'lib chiqdi.

Yomon ob-havo sharoitida o'z transport vositalarining xavfsizligi bilan bog'liq xavotirlarga kelsak, respondentlarning 49,5 foizi daraxtlar va reklama taxtalari yonidan uzoqroqda to'xtashga harakat qilishadi. Shuni ham ta'kidlash joizki, 30,9 foiz ishtirokchialr yuqoriroq va quruqroq to'xtash joyni tanlaydi.

Bundan tashqari, ovoz berganlarning 26,8 foizi kuchli yomg‘irda avtomobillarini xavfsiz to‘xtash joyiga(stoyanka) qo‘yishadi. Har qanday ob-havoda ham xuddi shunday tarzda mashinani to‘xtatuvchi haydovchilar ulushi esa so'rovnoma qatnashuvchilari umumiy sonining 24,2 foizini tashkil etdi.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.