Yoqilg'i sarfini tejash usullari— avtomaslahat

Yoqilg'i sarfini tejash usullari— avtomaslahat

Ko’pchilik haydovchilarni, qanday qilib benzinni tejash mumkin degan savol bezovta qiladi. Bu qiyin emas, chunki hech qanday sir yoki mahfiylik yo’q. Shunchaki oddiy qoidalarga rioya qilish kerak, mashina esa o’zi “ishtahani kamaytiradi”.

Benzinni tejash bo’yicha samarali maslaxatlar.

Benzinni tejash bo’yicha samarali maslaxatlar.
 

1. Shinalardagi kerakli bosimni saqlab turish

1. Shinalardagi kerakli bosimni saqlab turish 
Shinalardagi bosimni o’lchash.
 
So’rovlar shuni ko’rsatadiki, yo’ldagi transport vositalarini yarmida shinalar meyordan kamroq shishirilgan. Balkim haydovchilar bilmas, bu ularning cho’ntagiga ziyon ekanligini. Bosimni 0,6 atm (60 kPa) ga pasayishi, yoqilg’i sarfini 7 foizga oshiradi. Bundan tashqari, past bosim muddatdan oldingi shinalarni yemirilishiga olib keladi, ularni almashtirish esa arzon emas. Bosimni o’lchash uchun manometr kerak (istalgan extiyot qismlar magazinida 4$ turadi). Har bir model uchun bosimni kerakli miqdori o’zgacha bo’ladi va mashinaning og'irligi va mavsumga bog’liq holatlarda. Batafsil raqamlarni haydovchi eshigini ichidagi nakleyka yoki eshik ustunidan topish mumkin.
 

2. O’t oldirish shamlarini almashtirish kerak, ular ishdan chiqishidan avval

2. O’t oldirish shamlarini almashtirish kerak, ular ishdan chiqishidan avval
O’t olish shamlarini turli holatlari.
 
O’t olish shamlari ishlab chiqaruvchilari, bu mahsulotlarga 100 000 kilometrga chidashini va’da qilishadi. Ya’ni, agar avtomobil 80 000 kilometr yurgan bo’lsa, demak shamlari 80 foizga ishlatilgan bo’ladi, o’t olishda uzilishlar bo’lishi mumkin. Shuning uchun shamlarni tezda-tezda almashtirgan maqul. Ko’plab zamonaviy avtomobillar uchun uning almashinishi, 50 000 va hattoki 30 000 kilometrgacha kamayishi mumkin.
 

3. Havo filtrlarini tozalash yoki almashtirish

3. Havo filtrlarini tozalash yoki almashtirish 
Havo filtrlari
 
Eksperimental isbotlanganki, kir havo filtlri dvigatel - ishi va tejamkorlikni yomonlashtiradi. Eski mashinalarda sarf 10 foizgacha o’sadi. Yangiroq modellarda bort kompyuteri aniqlay oladi, havo oqimi kamayganini, va shuning uchun benzinni kamroq beradi. Filtrni moy bilan birgalikda almashtiradi, yoki hech bo’lmaganda, bir yilda bir marotaba. Chang ko’p regionlarda filtrlarni yanada tezroq almashtirish kerak.
 

4. G’ildiraklar o’rnatilish burchaklarini tekshirish

4. G’ildiraklar o’rnatilish burchaklarini tekshirish 
STKda podveskalarni tartibga solish
 
G’ildiraklar o’rnatish burchagi, yoki “razval-shojdeniye”, mashinaning barqarorligi va boshqaruvchanligiga ta’sir qiladi, va shunigdek shinalar yemirilishiga. G’ildiraklarni noto’g’ri o’rnatganda siltanishga qarshilik oshadi va haydovchi biroz “gaz” pedalini ko’proq bosadi. Benzin qo’shilishi katta bo’lmasligi mumkin, lekin avtomobilni uzoq masofaga yurishida, “ortiqcha” yoqilg’iga sarf sezilarli oshadi. Yoqilg’ini tejash va pokrishkalarni saqlash uchun, bir yilda bir marotaba razval-shojdeniyeni tekshirish ortiqcha bo’lmaydi.
 

5. Agressiv haydashni kamaytirish

5. Agressiv haydashni kamaytirish 
Har bir haydovchini boshqarish usuli yoqilg’i sarfiga ta’sir qiladi
 
Pedalni ohirigacha bosib tezlashish va qaltis sekinlash, yoqilg’i sarfini 20 foizga ko’paytiradi. Shubhasiz, bunday boshqarish usulidan o’zini tiyish lozim. Shuni ham esda tutish kerakki, ko’pchilik shaharlarning svetoforlari 50 km/s harakatlanish oqimiga mo’ljallangan. Ko’proq tejash uchun aynan shu tezlikda yurgan maqul, ortiqcha to’xtashni oldini olish uchun.
 

6. Oynalarni yopish va teshiklarni yopishtirish

6. Oynalarni yopish va teshiklarni yopishtirish 
Katta tezlikda bunday shikastlanishlar yoqilg’i sarfini ko’payishiga olib keladi
 
Zamonaviy avtomobillarda kuzovni plastik bilan tortish, hamda spoylerlarni shunchaki qo’yishmaydi. Bu elementlar harakatlanishga qarshilikni kamaytirib, mashinani silliqliligini yaxshilaydi. Buning yordamida katta tezliklarda yoqilg’i tejaladi. Kuzovni shikastlanishlari, ochiq lyuk va oynalar, aksincha, sarfni oshiradi. Agar mashinada bamper singan bo’lsa, yoki unda teshik paydo bo’lgan bo’lsa, ehtiyot qismni almashtirish kerak yoki hech bo’lmasam skotch bilan yopishtirish kerak. Huddi shu sababdan oynalarni katta tezlikda ochmagan maqul, agar albatta mashinada konditsioner bo’lsa.
 

7. Kislorod datchigini almashtirish

7. Kislorod datchigini almashtirish 
Kislorod datchigi, lyambda-zond sifatida ham tanilgan
 
Kislorod datchigi (lyambda-zond) yoqilg’ini yonish samaradorligini boshqaradi. Vaqt o’tib u ishdan chiqishi mumkin va dvigatel yoqilg’ini ko’proq “yeyishni” boshlaydi — 15  foizgacha. Bu vaqtda “dvigatelni tekshiring” degan signallar bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun 1996-yilgacha bo’lgan avtomobillarda kislorod datchigini mustaqil ravishda har 100 000 kilometrda almashtirish mumkin, yangiroq bo’lgan modellarda esa – 160 000 kilometrdan so’ng.  
Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.