1-dekabrdan haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi

1-dekabrdan haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi

Prezidentmizning joriy yil 4-aprelida «Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-dekabrdan boshlab haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi.

Unga ko‘ra, har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi.  

Qoidabuzarliklar quyidagicha baholanadi:  

Tezlikni oshirib, avtomashina boshqarganlik uchun 1-ball, Svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘idan o‘tganlik uchun 3-ball.  

Hisoblangan jarima ballari 12 balldan oshgan hollarda, haydovchi ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.  

Muayyan davr mobaynida yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi.  

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.