10ta notanish SSSR avtomobillari haqida batafsil
Notanish va unutilgan sovet avtosi.
1. NAMI-LuAZ «Proto»
Bu mashina seriyali ishlab chiqarilishi uchun barcha imkoniyatlarga ega edi. U 1989-yilda ishlab chiqarilgan edi. Avtomobil to’rt joyli jeep sifatida rejalashtirilayotgan edi. Mashina o’zining mustahkamlangan po’latli karkasi, ajraladigan himoya panellari bilan ajralib turar edi, ular o’z navbatida ta’mirlash ishlarini yengillashtirgan. Salondagi o’rindiqlar katta karavotni tashkil qilib yoyilar edi. Afsuski, avtomobil kontseptini muhandislar komissiyasi ma’qullamadi.
2. NAMI 0288 «Kompakt»
Yetakchi shahar avtomobili bo’lishi kerak edi.
1989-yilni boshqa sovet avtomobili kontsepti, ixcham avtomobil bo’lib e’tirof etilgan. Uning maksimal tezligi 150 km/s ni tashkil qilgan. Yoqilg’i sarfi 100 km yo’lga 6 litrga yaqin. Mashina bort kompyuteriga ega edi, podveskani boshqaradigan. Mashina ko’p joy egallamagan, shuning uchun ham shu nomini olgan. O’sha paytdagi Tokiodagi avtosalonda, “Kompakt” namoyish qilingan 30ta avtomobilning ichida beshinchi o’rinni egallagan. Loyihaga nuqtani tarqalib ketgan SSSR qo’ygan.
3. ZIS-112
Sovet ittifoqida kommunizm qurilayotgani, u yerda sportkarlar yaratilmagan degani emas. ZISda 7tadan kam bo’lmagan dadil modellar yaratilgan edi. Ularni ichida eng diqqatga sazovori ZIS-112 bo’ldi. Moshina kutilmaganda juda zamonaviy va hattoki o’ziga hos bo’ldi. Afsuski, avtomobil uzunligi 6 metrga teng edi, va shu sababli poygachilar o’rtasida ZIS-112 eng mashhur mashina bo’lmagan. Mashina 3 tonnadan ozroq vaznga ega bo’lgan. Bunda burilishlarga kirish avtomobilga katta muammo bo’lgan, lekin tekis yo’lda mashina mo’jizalar qilgan!
4. Moskvich-408 «Turist»
Haqiqiy sovet kabrioleti!