Alibaba 4 ot kuchiga ega politsiya mashinasini sotishni boshladi

Alibaba 4 ot kuchiga ega politsiya mashinasini sotishni boshladi

“Gazeta.ru” portalining xabar berishicha, Xitoyning Alibaba elektron tijorat servisida 4 ot kuchiga ega elektr motorli ixcham politsiya elektromobillari sotuvi boshlandi.

Og'irligi 580 kg bo'lgan elektromobil bir quvvatlanishda 140 kmgacha masofani ta'minlay oladigan akkumulyator bilan jihozlangan. Mashina 3,8 ot kuchiga ega elektromotor bilan boshqariladi.

Elektromobilning maksimal tezligi 45 km/soat bilan cheklangan. O'zining kamtarona o'lchamlariga qaramay, ikki o'rindiqli avtomobil uchun politsiya jihozlarining to'liq to'plami, shu jumladan qizil va ko'k rangdagi maxsus signallari bo'lgan katta "qandil", shuningdek, karnay va sirena taklif etiladi.

Elektromobil stereotizim, uch nuqtali xavfsizlik kamarlari va ichki ventilyatsiya uchun yechib olinadigan tom qismi bilan jihozlangan, deb xabar beradi Electrek.co. Modifikatsiyasiga qarab, ular elektromobilni 3,5 dan 5 ming dollargacha so‘rashadi.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#янгилан