Andijon jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi ishga tushirildi

Andijon jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi ishga tushirildi

Hozirda beshta yo‘nalishda ishga tushirilgan tizim keyinchalik barcha yo‘nalishlardagi avtobuslarda joriy etilishi rejalashtirilgan.

Andijon jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi ishga tushirildi, deya xabar berdi Transport vazirligi.

Bu bo‘yicha “Avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi operatori” (ATTO) va “Alpomish merosi” yo‘lovchi tashuvchi korxonasi o‘rtasida shartnoma imzolagan.

Unga ko‘ra, endilikda ushbu korxonaning shahar ichida harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarida elektron to‘lovlarni qabul qiladi.

Yo‘lovchilar quyidagi avtobus yo‘nalishlarida yo‘lkira haqini bank hamda “ATTO” transport kartalari orqali amalga oshirishi mumkin:

  • 1-sonli “Shahar markaziy shifoxonasi-Gulshan”;
  • 22-sonli “Pistamozor-Shahid tepa”;
  • 24-sonli “Uzumzor AS-To‘qqiz bog‘”;
  • 75-sonli “Pistamozor-Eski shahar”;
  • 94-sonli “Kuyganyor-Dukchi Eshon ko‘chasi”.

Keyingi bosqichda tizim barcha yo‘nalishlardagi avtobuslarda joriy etilishi rejalashtirilgan.

"ATTO" kompaniyasi 2019-yil dekabr oyida O‘zbekiston Transport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, yo‘l haqi uchun avtomatlashtirilgan to’lov tizimining yagona operatori hisoblanadi.

Carzone.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.

Мавзу:

#автобус