AQSh bozorida texnologik jihatdan eng ilg'or avtomobil kompaniyasi qaysi?

AQSh bozorida texnologik jihatdan eng ilg'or avtomobil kompaniyasi qaysi?

JD Power Koreyaning Genesis kompaniyasini AQSh bozorida texnologik jihatdan eng ilg'or kompaniya sifatida tan oldi. Tesla esa bundan mustasno edi.

JD Power agentligi avtomobilsozlik kompaniyalarining texnologik samaradorligi darajasini ko‘rsatuvchi Tech Experience Index Study (TXI) 2022-reytingini e’lon qildi. U avtomobillarda qo'llaniladigan 35 xil texnologik jihatlarni baholash asosida hisoblanadi.

2022-yilda Koreyaning Genesis kompaniyasi rasmiy yakuniy reytingda birinchi o‘rinni egalladi – mumkin bo‘lgan maksimal 1000 balldan bu brend 643 ball to‘pladi va ikkinchi o‘rindagi Cadillac’dan (584 ball) ancha oldinda bo‘ldi. Keyingi o'rinlarda Mercedes-Benz, Hyundai va Volvo. Yaponiyaning Honda va Mazda brendlari reytingni yakunlab qo'yishgan.

Ammo shuni ta'kidlash joizki, Tesla norasmiy reytingda peshqadamlik qilmoqda - u 681 ball olishi mumkin edi, biroq bu brend JD Power talablariga javob bermagani uchun reytingdan chiqarildi (xususan, mijozlar haqida ma'lumot bermaydi). Elektromobil ishlab chiqaruvchi Polestar ham 601 ball bilan reytingdan chiqarildi.

“Tesla va Polestar kabi yuqori texnologiyali kompaniyalarning yutug‘i innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni yana bir bor ta’kidlaydi. Bu ham muhim, chunki yangi avtomobil texnologiyasi xarid qilishning asosiy sababidir. Agar texnologiya avtomobilga samarali tatbiq etilsa, u egasining xuddi shu texnologiyaga ega boshqa transport vositasini sotib olish qaroriga ijobiy ta’sir qiladi”, — dedi JD Power.

Masalan, avtomobilni ochish va ishga tushirish uchun gadjetdan foydalanish imkonini beruvchi smartfondagi raqamli kalit texnologiyasi haydovchilarning juda yuqori ijobiy baholarini oldi. Endi uni ishlatadigan ko'pchilik egalari o'zlarining yangi avtomobillarida shunga o'xshash yechimni ko'rishni xohlashadi.

Shuningdek, JD Power ba'zi alohida texnologiyalarni qayd etdi. Masalan, Cadillac Escalade va Subaru Ascent avtomobillari qulaylik kategoriyasida premium va ommaviy bozor segmentlarida kamerali orqa ko‘zgu oynalari uchun mukofotni qo‘lga kiritdi.

Yangi avtomatlashtirish turkumida Lexus IS o‘zaro to‘qnashuvdan ogohlantirish va Mitsubishi Outlander orqaga qaytishda avtomatik favqulodda tormozlash uchun e’tirof etildi. Nihoyat, BMW X3 smartfonga asoslangan eng yaxshi raqamli kalit uchun mukofotni oldi.

Хабарларни тез ва осон ўқиш учун Андроид иловамизни сақлаб олинг.

Мавзу:

#Қизиқ